“Real” yulduzi MYu va "Chelsi"dan katta pul talab qilyapti

  • 2 iyun, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni tark etishga bel bog‘lagan frantsiyalik himoyachi Rafael Varanga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Har ikki klub yozda bu futbolchini 60 million funtga sotib olishga tayyor. Biroq, transfer amalga oshishi uchun Varan bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishish qiyin bo‘lmoqda.

Varan manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar frantsiyalik himoyachiga haftasiga 200 ming funt miqdorida maosh to‘lash lozimligini aytmoqda. Bu futbolchining “Real”dan olayotgan maoshidan ikki baravar ko‘pdir.

28 yoshli o‘yinchi sovrinsiz yakunlangan mavsumda primerada 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!