
“Real” yulduzi kutilmaganda futboldan ketadigan bo‘lyapti!
“Real” safida to‘p tepib kelayotgan germaniyalik jahon chempioni Toni Kroos kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti. Tajribali yarim himoyachi klubning yangi shartnomasini qabul qilgani yo‘q.
Uning amaldagi kelishuvi bir yildan keyin yakunlanadi.
Toni Kroos oldida uch yo‘l turgani aytilmoqda. Tajribali o‘yinchi “Real” taklif qilayotgan bir yillik bitimni qabul qilmasa, yuqori darajada o‘ynashni to‘xtatadi va saviyasi pastroq jamoalarga yo‘l oladi.
Bundan tashqari, Kroos futbolchilik faoliyatini butunlay tugatish haqida ham bosh qotirmoqda. O‘yinchining o‘zi yakuniy qarorini keyinroq e’lon qilishini bildirgan.
Fikrlar