“Real” yulduzi PSJ chorloviga javob berdi

  • 16 iyun, 2024, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Kilian Mbappe o‘rniga boshqa hujumchi qidirishda davom etmoqda. Parijliklar bu pozitsiyaga “Real” hujumchisi Rodrigoni mo‘ljallayotgan edi.

Tecno

RMC Sport jurnalisti Fabris Xoukinsning ma’lum qilishicha, parijliklar Rodrigo va klub prezidenti Florentino Peresga taklif bilan chiqqan.

Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik hujumchi parijliklarga “Real”da qolishini aytib, rad javobini bergan.

Klub rahbariyati esa, 23 yoshli hujumkor futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. “Qirollik klubi” bu transferdan 150 million evro ishlab olmoqchi.

Rodrigo Goesning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!