
“Real” yulduzi hech kimga kerak bo‘lmay qoldi
“Real”dagi 15 yillik faoliyatidan keyin erkin agentga aylangan Marselo o‘ziga yangi jamoa topishga qiynalmoqda.
Braziliyalik futbolchining agentlari uning xizmatini “Lion” klubiga ham taklif qilgan edi. Biroq frantsuzlar 34 yoshli yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishdan bosh tortdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Marseloga A Seriya debyutanti “Montsa” klubidan qiziqish bo‘lmoqda. Agar tajribali himoyachi Evropadan boshqa jamoa topa olmasa, AQSh chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Marselo faoliyati davomida 555 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 103 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar