
“Real” yulduzi futboldan ketish fikridan qaytdi
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos mavsum oxirida shartnomasi yakunlanishini inobatga olib, faoliyatini yakunlashi mumkinligini alohida ta’kidlagan edi.
Endi nemis futbolchining fikri o‘zgardi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli o‘yinchi “Real”dagi faoliyatini kamida yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgan. Ayni paytda Kroos klub rahbariyatidan yangi kelishuv bo‘yicha taklif kutyapti.
Toni Kroosga Evropaning bir necha qudratli klublaridan chorlovlar bo‘lyapti. Lekin tajribali o‘yinchi Madriddan ketmasligini bildirdi.
Toni Kroos joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar