
"Real" yarim himoyachisi kelasi mavsumda ham jamoada qolmoqchi
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jamoada o‘ynashni davom ettirishga qaror qildi.
33 yoshli yarim himoyachi klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida ta’kidlagandi, biroq ispan nashrlarining yozishicha, Kroos ketishni kamida bir yilga kechiktirishga qaror qilgan. "El Nacional" xabariga ko‘ra, Kroos shartnomasini uzaytirishga va 2023/24 yilgi mavsumda "qaymoqranglilar" safida o‘ynashni davom ettirishga tayyor. Nemis futbolchisiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda, ammo u "qirollik klubi"ni tark etmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 o‘yinda qatnashib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar