
"Real" yarim himoyachisi faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin!
Xorvatiya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli tajribali yarim himoyachining xizmatlariga Saudiya Arabistoni chempionatining uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Modrich yozda erkin agentga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi 2012 yildan buyon "qirollik klubi"da to‘p surmoqda. Joriy mavsumda Modrich "qaymoqranglilar" safida 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar