“Real” yangi murabbiyni qancha ishlatishi ma’lum bo‘ldi

  • 12 may, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani muddatidan bir yil oldin bekor qiladi.

Tecno

Italiyalik mutaxassis o‘rnini “Bayer” bilan o‘tgan mavsum Bundesliga chempionligi va Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan Xabi Alonso egallaydi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano “Qirollik klubi”ning ispaniyalik mutaxassisga taklif qilgan bitimi muddatiga aniqlik kiritdi.

Manbaga ko‘ra, Xabi Alonso “Real” bilan 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan kelishuvni imzolaydi. Yangi murabbiy jamoani 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham boshqarishi kutilmoqda.

O‘z navbatda, “Bayer” rahbariyati 2022 yildan beri klubda ishlab kelayotgan Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanishi bilan jamoadan ketishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!