"Real" yangi himoyachi sotib oladi?

  • 19 dekabr, 2023, 16:47
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etgan David Alaba katta ehtimol bilan ushbu mavsum qaytib maydonga tushmaydi. Rahbariyat esa uning o‘rnini to‘ldirish yo‘llarini izlamoqda.

Tecno

BREAKING: Alaba goes down with suspected big knee injury - Managing Madrid

Mavsum boshidanoq safdan chiqqan Militao aprel oyidan jamoa safida ko‘rinish berishi aytilmoqda. Ayni paytda "qaymoqranglilar"ning jarohat olmagan ikkita (asosiy) markaziy himoyachisi qoldi. Bular Nacho va Antoni Rudiger. Shuningdek, Karlo Anchelotti vaqti-vaqti bilan akademiyadagi ayrim o‘yinchilarga murojaat qilib turibdi. Ammo oldinda jamoani Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlari kutmoqda. Bundan tashqari, Ispaniya superkuboki va La Ligada chempionlik uchun harakat qilayotgan klub uchun mudofaa kuchliroq bo‘lishi kerak. Vaholanki, ikki himoyachining zich taqvimda jarohat olmasligiga ham hech kim kafolat bermaydi. 

Ispaniyaning ayrim nashrlari "Real" qishki transferlar oynasida bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashi haqida xabar berdi. Hatto variantlar ham tuzildi, ular orasida "Benfika" a’zosi Antoniu Silva favorit, deyildi. Ammo so‘nggi ma’lumotlar madridliklar transfer amalga oshirgan taqdirda ham qaysidir himoyachini ijaraga olishini anglatmoqda. Gap esa tajriba haqida ketyapti. Hozir hech kim muhim futbolchisini ijaraga berishni istamaydi, 6 oylik o‘yin amaliyoti uchun "Real" akademiyadan ham futbolchi olsa bo‘ladi. 

Who is Florentino Perez and what is the Real Madrid president's net worth?  | Goal.com

Rahbariyat ikkiga bo‘lingan, kimlardir yangi himoyachi olib kelish kerakligini aytsa, boshqalari hech qanday transferga o‘rin yo‘qligi, kerak bo‘lsa, himoyada Orelen Tchuameni, Ferlan Mendi kabi o‘yinchilardan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda. Agarda klub transferga qo‘l urmaslik variantida to‘xtalgan bo‘lsa, tavakkalga qo‘l urgan bo‘ladi, chunki "Real"ni oldinda katta o‘yinlar kutib turibdi. 

"Marca" nashri xabar berishicha, Nachoning o‘rniga eng muqobil variant sifatida ko‘rilayotgan Marvel ham 3 oyga safdan chiqdi. Shu xabardan keyin rahbariyat yangi transfer amalga oshirishga qaror qilishi mumkin. Aytgancha, klubning ijaradagi futbolchisi Rafa Marin ortga qaytmoqchi. U mazkur mavsum "Alaves" tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi imkoniyat berilishini xohlaydi va chaqiruv bo‘lsa, "Real" safiga borib qo‘shilishga tayyor. 

RB Leipzig apparently interested in Real Madrid talent Rafa Marin -  PremierSeason.com

Ma’lumot uchun, Madrid klubi hozircha hech qaysi jamoa bilan muzokaralar olib borayotgani yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!