“Real” yana bir katta transferni uddaladi

  • 25 iyun, 2024, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Frantsiya futbolining yana bir iste’dodli tarbiyalanuvchisi Leni Yorro bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

“Lill”ning 18 yoshli futbolchisi Madrid klubiga ko‘chib o‘tishga rozilik bergani aytilmoqda.

Yoroni Evropaning bir necha grandlari o‘ziga chorlayotgan edi. Ulardan ayrimlari muzokara ham o‘tkazdi. Biroq Lenining “Real”da o‘ynash istagi madridliklarning foydasiga ishladi.

Marca nashrining yozishicha “Qirollik klubi” bu transferni jamoa sardori Nacho Fernandes jamoadan rasman ketganidan keyin amalga oshirmoqchi.

Leni Yoroni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan PSJ, “Manchester Yunayted”,  “Liverpul” kabi qator baquvvat klublar endi boshqa nomzod topishlariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!