"Real" yana bir himoyachisi jarohat olganini e’lon qildi
Madridning "Real" klubi 27 yoshli braziliyalik himoyachi Eder Militao jarohat olgani haqida xabar tarqatdi. Bu haqdagi ma’lumot "Qirollik klubi" rasmiy saytida e’lon qilindi.
"Bugun Madridning "Real" klubi tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, futbolchimiz Eder Militao o‘ng oyog‘ining katta yaqinlashtiruvchi mushagi shikastlangani aniqlandi. Batavsil yangiliklar keyinroq e’lon qilinadi", - deyiladi "Real" rasmiy sayti tarqatgan xabarda.
Futbolchi "Dekatlon Arena - Per-Morua" (Vilnev-d'Ask, Frantsiya) stadionida bo‘lib o‘tgan Braziliya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olib, uchrashuvning 60-daqiqasida zaxiraga olindi.



Fikrlar