
"Real" yana bir futbolchisini Olimpiadaga yubormaydi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Braxim Diasni Olimpiada o‘yinlariga yubormoqchi emas.
Jamoa rasmiylarining ma’lum qilishicha, klub yoz oyidagi katta turnirlar, Evro va "Kopa Amerika" kabi musobaqalar uchun 18 ta futbolchini terma jamoalariga taqdim etganligi hamda Olimpiada esa ortiqchalik qilishini e’lon qilishdi.
Braxim yozda klub bazasini tark etmaydi va 14 avgust kuni "Atalanta"ga qarshi Evropa Super kubogida maydonga tushadi. Dias esa Olimpiadada qatnashish niyati borligini yashirmadi.
Olimpiada o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha o‘tkaziladi.
Fikrlar