
“Real” Xolandni olishga tayyor, faqat...
“Manchester Siti” eng zo‘r to‘purari Erling Xoland bilan shartnomani yangilashga harakat qilmoqda. Klub norvegiyalik futbolchining roziligini olish uchun bitimga uni “Real”ga o‘tishiga imkon beruvchi bandni ham kiritmoqchi.
Defensa Central nashrining yozishicha, Xolandning o‘zi “Qirollik klubi”da to‘p tepishni orzu qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Real” ham Erlingga ish berishga tayyor. Biroq bu transfer jamoani ikki braziliyalik yulduz – Rodrigo yoki Vinisius Junior tark etgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Xoland 2022 yilning yozidan beri “shaharliklar” tarkibida o‘ynayapti. Shu paytga qadar manchesterliklar uchun 102 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 97 ta gol va 14 ta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar