“Real” xo‘jayini Peres Mbappeni eslashni istamadi

  • 16 yanvar, 2024, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ni 4:1 hisobida engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresdan Kilian Mbappe transferi haqida so‘rashdi.

Tecno

- Mbappening transferi haqida so‘rayapsizlar. Bugun u haqida gapiradigan payt emas. Hozir g‘alaba qoo‘ongan o‘yinchilarmizni qutlaydigan palla. Shuning uchun jamoadagilar haqida gaplashaylik, boshqa klubdagilar to‘g‘risida emas, - dedi Florentino Peres.

Kilian Mbappening faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan va eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi.

PSJ hujumchisini yangi shartnomaga ko‘ndirishga urinyapti. “Real” frantsiyalik to‘purar erkin agent sifatida kelishidan umidvor.

Mbappening o‘zi qaysi jamoani tanlagani haqida ma’lumot bermayapti. Uni Angliya klublari ham o‘z safida ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!