“Real” xo‘jayini Mbappening ustidan kuldi

  • 19 iyun, 2022, 05:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” prezidenti Florentino Peres  madridliklar taklifini qabul qilmasdan “Pari Sen-Jermen”da qolishni ma’qul ko‘rgan  Kiliana Mbappe haqida kinoyali izoh berdi.

Tecno

- Bechora bola, hozir rosa pushaymon  bo‘layotgandir, - dedi Florentino Peres.

23 yoshli Mbappe oxirigi pallagacha tanlovini sir tutib keldi. “Real” mutasaddilari frantsiyalik futbolchi ularning jamoasini tanlashiga amin bo‘lib ulgurgandi. Biroq, PSJ taklif etgan katta miqdordagi maosh Mbappening tanlovini ularning foydasiga og‘dirdi.

Kilian bilan uch yillik bitim imzolagan parijliklar hujumchiga har yili 93 million evro miqdorida maosh to‘laydi. Shu tariqa, Mbappe dunyoda eng katta maosh oladigan sportchiga aylandi.

“Real” rahbariyati va muxlislari Mbappening tanlovini hazm qila olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!