
“Real” xo‘jayini Mbappeni mensimadi
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres undan jamoaga Kilian Mbappeni olib kelishni so‘ragan muxlisga qo‘pol javob qaytardi.
Madrid Zone tarqatgan ma’lumotga qaraganda, Peres Mbappeni olib kelishni so‘ragan muxlisga “Kim u? U haqda avval eshitmagan ekanman”, deb javob qaytargan.
Ma’lumki, madridliklar 2022 yilning yozida Kilian Mbappeni intiqlik bilan kutgan edi. Biroq frantsiyalik hujumchi “Real”dan taklif olganiga qaramay, oxir-oqibat PSJda qolishga qaror qilgan.
Keyinchalik, Evropa matbuoti Mbappe “Real” xo‘jayini Florentino Peresga qo‘ng‘iroq qilib, Madridga bormagani uchun uzr so‘ragani haqida yozdi.
Hozir ham PSJda ketish fikridan qaytmagan Kilian Mbappega asosiy da’vogar sifatida “Real” nomi tilga olinyapti.
Fikrlar