“Real” xo‘jayini Anchelotti “kursi”sini kimga olib berishni hal qildi

  • 22 noyabr, 2023, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” xo‘jayini Florentino Peres jamoani uchinchi marotaba Zinedin Zidanga topshirishga qaror qildi.

Tecno

Hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelottining kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Klub rahbariyati italiyalik mutaxassisga yana ikki yillik shartnoma bermoqchi. Anchelotti esa, Braziliya terma jamoasini boshqarish istagida.

Madrid Zone nashriga ko‘ra, agar Anchelotti Madriddan ketadigan bo‘lsa, Florentino Peres ikki yildan beri ishsiz yurgan va yana murabbiylik faoliyatiga qaytish istagini bildirgan Zinedin Zidanga murojaat qilmoqchi.

Zidan bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da ishlagan. Bu jamoani ikki marta boshqargan frantsiyalik mutaxassis “Real”ni Ispaniya chempionligidan tashqari, uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishini ta’minlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!