"Real" Vinisiusning o‘rniga 3 ta zo‘r hujumchi topdi

  • 7 aprel, 19:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"da Vinisius Juniorning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Braziliyalik futbolchining o‘yinidagi pasayish va xulq-atvori Madrid klubini hujumchini sotish ehtimoli haqida o‘ylashga majbur qilmoqda. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, "Real" allaqachon Vinisius o‘rniga uch nafar hujumchidan iborat qisqa ro‘yxatni tuzgani ta’kidlanmoqda. Ushbu ro‘yxatga:

Tecno

"Milan"dan Rafael Leau, Lissabonning "Sporting" jamoasidan Viktor Dyokeresh va "Napoli"dan Viktor Osimxen (hozirda "Galatasaroy"da ijaraga o‘ynayotgan) kiritilgan.

Agar "Real" Vinisius o‘rniga markaziy hujumchi xarid qilsa, Kilian Mbappe hujumning chap qanotida muntazam ravishda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!