
"Real" Vinisiusni rekord narxga bitta shart evaziga sotmoqchi
Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior yozda "Real madridni tark etishi mumkin.
Ispaniyaning Defensa Central nashri xabar berishicha, "qirollik klubi" Vinisiusni uzoq yillar o‘z tarkibida ushlab qolmoqchi edi. Biroq so‘ngi vaqtlarda kelib chiqayotgan muammolar tufayli, klub Mbappe va Vinidan birini tanladi.
Manbaning yozishicha, "qaymoqranglilar" vingerni 250 millionga faqatgina, bir shart evaziga qo‘yib yuborishmoqchi. Klubning sharti shundaki braziliyalikning o‘zi jamoani tark etmoqchi ekanini aytishi kerak.
Fikrlar