"Real" Vinisiusga shart qo‘ydi
"Real" jamoa hujumchisi Vinisiusga shart qo‘ydi. Bu haqda "Le Journal Du Real" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, klub braziliyalik futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif etgan. Biroq hujumchi maoshini oshirishlarini talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha "qirollik klubi" rahbarlari 25 yoshli futbolchiga shart qo‘ygan. Futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifni qabul qiladi yoki mavsum yakunida madridliklar uni sotuvga qo‘yadi.
Vingerning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 150 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar