
“Real” Vinisiusga o‘yin bermagan himoyachini oladi
“Real” mutasaddilari jamoa himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun bir necha futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Madridliklar ro‘yxatga “Valyadolid”ning 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Ivan Fresnedani ham kiritdi.
Bu futbolchi har ikki jamoaning dekabrda o‘tkazilgan o‘zaro to‘qnashuvida Vinisius Juniorga o‘yin bermaganidan keyin poytaxt klubi skautlari nazariga tushdi.
Professional darajadagi faoliyatini yarim yil muqaddam boshlagan Fresnedaning hali nomi chiqqani yo‘q. Shu bois, iste’dodli o‘yinchi atigi bir million evroga baholanmoqda.
Fikrlar