"Real" Vinisiusga o‘rinbosar topdi

  • 3 dekabr, 19:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Fichejes" nashri xabar bermoqda.  

Tecno

Manbada yozilishicha, madridliklar ispaniyalik futbolchini jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Vinisiusga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Atletik" klubi 23 yoshli futbolchini 90 million evroga baholamoqda. Bu narx esa "qaymoqranglilar"ni qo‘rqitmayabti.

Nikoning ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 70 million tashkil etadi. Uning "Bilabao" bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilgacha amal qiladi.,

Eslatib o‘tamiz, Uilyams joriy mavsum "Atletik Bilabao" safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!