"Real" Vinisius bilan shartnomani uzaytirishni ustuvor vazifa deb biladi
Madridning "Real" klubida Vinisius Juniorning kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. OAVda braziliyalik vingerning bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlari sovuqlashgani haqidagi xabarlar hanuz davom etmoqda.
Jurnalist Anton Meananing ma’lumotiga ko‘ra, barcha mish-mishlarga qaramay, klub rahbariyati Vinisius bilan shartnomani uzaytirishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.
Manbalarga ko‘ra, "qirollik klubi"ning rahbarlari Alonso 25 yoshli yulduzga nisbatan adolatsiz bo‘lgan, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Avvalroq, u mavsum yakunida sotilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar