"Real" Vinisius bilan kelisha olmayapti

  • 19 avgust, 17:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va Vinisiusning yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari to‘xtab turibdi. Braziliyalik vinger va madridliklarning amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Tecno

ESPN xabariga ko‘ra, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta oldin boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Futbolchining vakillari klub taklifini qabul qilish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblamoqda.

Futbolchining atrofidagilar Vinisiusning maoshini yiliga qat’iy belgilangan 20 million evroga va bu miqdorni 30 million evroga oshirish imkoniyatiga umid qilishgan.

Biroq, "Real"ning yakuniy taklifi bonuslar sifatida qo‘shimcha 10 million evroni hisobga olmaganda 20 million evroni tashkil etdi.

Vinisiusning agentlari kutib turishga va joriy mavsum qanday o‘tishini ko‘rishga, shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonsoning braziliyalik futbolchiga nisbatan rejalarini o‘rganib, keyin qaror qabul qilishga qaror qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!