
"Real" Vaskesning shartiga ko‘nmasa...
"Real" Madrid yarim himoyachisi Lukas Vaskesga Evropa transfer bozorida taklif tobora ortib bormoqda.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti va katta ehtimol bilan u yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Gap shundaki, Lukas “Real” rahbariyati bilan maosh masalasida kelishuvga erisha olmayapti.
ABC nashrining ma’lum qilishicha, Vaskes bilan bog‘liq ushbu vaziyatni "Bavariya", "Milan", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari diqqat bilan kuzatmoqda. Mobodo ular o‘zaro kelishuvga erisha olmasa, yuqorida nomlari tilga olingan jamoalar Vaskesni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Ushbu jamoalar Vaskesga hozir "Real"da (yillik 3,5 million evro) olayotgan maoshidan ko‘proq maosh to‘lashga tayyor.
Lukas Vaskes joriy mavsum “Real”da jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar