"Real" van de Bek uchun 55 mln evro taklif qiladi

  • 9 avgust, 2019, 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Ayaks” xavbeki Donni van de Bekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda beIN Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda “qirollik klubi” “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani sotib ololmagach bor e’tiborini aynan 22 yoshli golland futbolchisiga qaratgan. Madridliklar tez orada van de Bek uchun amsterdamliklarga 55 mln evrolik taklif yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Donni van de Bek o‘tgan mavsum “Ayaks” safida 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!