"Real" va PSJ "Bavariya" himoyachisini nishonga oldi
"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano faoliyatini "Real madrid" yoki PSJda davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Upamekano uchun kurash qtzg‘in davom etmoqda. Futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida Angliyaning "Liverpul" jamoasi ko‘rilayotgan edi. Biroq futbolchi "qizillar"ga o‘tmasligini ma’lum qilgan. Endilikda 27 yoshli futbolchi uchun Madridning "Real"i va Frantsiyaning PSJ klublari kurash olib boradi. Himoyachining myunxenliklar bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. "Bavariya" ham futbolchini jamoada olib qolish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar