
"Real" va Braziliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi ikkinchi marta koronavirusga chalindi
"Real" Madrid klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo kasalxonaga yotqizildi.
Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 68 yoshli mutaxassis koronavirusga chalingan. Aytish lozimki, unda Covid-19 ikkinchi marta aniqlandi. Lushemburgoda ilk bor ushbu virus iyul oyida aniqlangan va o‘shanda kasallik alomatlarsiz kechgan edi.
Lushemburgo “Real”ni 2004-2005 yillarda, Braziliya terma jamoasini 1998-2000 yillarda boshqargan.
Fikrlar