"Real" va "Barsa" ko‘zlayotgan futbolchini "Borussiya" "ilib" ketmoqchi

  • 9 mart, 2022, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi “Red Bull Zaltsburg” hujumchisi Karim Adeemi uchun kurashda favorit hisoblanadi, deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining Tvitter sahifasida.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, dortmundliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Endi faqat ikki jamoa o‘zaro kelishib olishlari kerak. Ushbu transfer "Borussiya"ga 40 million evroga tushishi mumkin. Avvalroq hujumchiga "Real" va "Barselona" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

20 yoshli Adeemi joriy mavsum "Red Bull Zaltsburg" safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!