
“Real” va “Barsa” dodini beradigan yagona jamoa paydo bo‘ldi
Bilbao sharafini himoya qilayotgan “Atletik” 2024 yil davomida ispan futboli grandlari – “Real” va “Barselona”ni er tishlatgan yagona jamoaga aylandi.
Iqtidorlari bilan qadrlanadigan “Atletik” kuni kecha Ispaniya chempionatining 19-turida amaldagi chempion “Real”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, stadionga kelgan muxlislarini behad quvontirdi.
Bungacha bilbaolik charm to‘p ustalari yanvarda Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilgan bellashuvda “Barselona”ni 4:2 hisobida taslim qilgan.
Opta statistika portalining ma’lum qilishicha, joriy yil davomida hech bir jamoaga ham “Real”, ham “Barselona”ni mag‘lub etish nasib qilmagan.
Bosh murabbiy Ernesto Valverde shogirdlari Ispaniya chempionatida yuqori o‘rinlar va Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.
Fikrlar