“Real” uchta yulduzni nishonga oldi

  • 25 sentabr, 06:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibini shakllantirish siyosatini davom ettiradi. Xabi Alonso ideal himoya chizig‘ini tuzish uchun yana yangi ijrochilarni olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Madridliklar o‘tgan yoz himoya markazini kuchaytirish uchun Angliyadan Din Xyoysenni olib keldi. Joriy mavsum oxirida Xabi Alonso yoshi o‘tib qolgan himoyachilardan Antonio Ryudiger va David Alaba bilan xayrlashmoqchi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari yangi uchta transfer bo‘yicha ishlashi talab etiladi. Qizig‘i shundaki, nishondagi o‘yinchilarning uchalasi ham Frantsiya terma jamoasi vakillaridir.

Alonso o‘z jamoasida “Liverpul” vakili Ibrohim Konate, “Bavariya”dan ketish ilinjida yurgan Dayo Upamekano va “Arsenal” himoyasi etakchisi Vilyam Salibani ko‘rmoqchi.

Bu himoyachilardan Konate va Upamekano yozda erkin agentga aylanadi. “Liverpul” va “Bavariya” ularni yangi bitimga ko‘ndirmoqchi. Vilyam Salibaning “kanonirlar” bilan hamkorligi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq “Arsenal” ham kelishuvni yangilashga urinyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!