"Real" Trentning jarohati bo‘yicha tekshiruv natijalarini e’lon qildi

  • 4 dekabr, 18:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi rasmiy sayti jarohat olgan himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Tecno

"Bugun "Real" Madrid klubi tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, futbolchimiz Trent Aleksander-Arnoldning chap sonining to‘rt boshli mushagi sohasida to‘g‘ri mushagi shikastlangani aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Trent Aleksander-Arnold Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Atletik" Bilbaoga (3:0) qarshi bahsda jarohat oldi. U 55-daqiqada zaxiraga olindi. Umuman olganda, himoyachi La Liganing joriy mavsumida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida uchta o‘yin bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!