
"Real" "Tottenxem" futbolchisini qishda sotib olmoqchi
"Tottemxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirmoqda.
27 yoshli futbolchini madridliklar yanvar oyida sotib olishga urinib ko‘rishmoqchi.
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi Eriksen bilan qishda xayrlashishni istamoqda. Chunki yozda u erkin agentga aylanadi va jamoa bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan shu yilning yozida Eriksenni sotib olish uchun jiddiy bel bog‘lamadi. Sababi, madridliklar MYu yarim himoyachisi Pol Pogbaga ko‘proq e’tibor qaratishdi va uni xarid qilishga urinishdi, ammo bu transfer ham amalga oshmadi. Madrid klubi rahbariyati daniyalik futbolchini xarid qilishni talab etishda davom etmoqda.
Fikrlar