"Real" to‘purar himoyachiga qiziqib qoldi

  • 5 dekabr, 2022, 08:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. 

Tecno

"Defensa Central" nashrining xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi xizmatiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanyapti. 

Shuningdek, niderlandiyalik fullbekni  "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublarri ham o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. 

Frimpong joriy mavsum Bundesligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!