
“Real” superfutbolchisidan voz kechishga qaror qildi
“Real” rahbariyati tarkibdagi muvozanatni saqlash maqsadida braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigo Goesni shu yoz boshqa jamoaga qo‘yib yuboradigan bo‘ldi.
Cadena SER nashrining ma’lum qilishicha, bir necha hafta muqaddam Rodrigo transferi bo‘yicha 100 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan “Qirollik klubi” endi bu transferni 90 million evroga amalga oshirishga rozi.
Qimmatbaho o‘yinchilarni asosan Angliya Premer-ligasi klublari oladi. Shu ma’noda, Rodrigo Goesga asosiy da’vogar sifatida “Arsenal” nomi zikr etilmoqda.
Biroq 24 yoshli futbolchi o‘ziga bo‘layotgan chorlovlarni jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda. Chunki Rodrigo o‘ziga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jiddiq qiziqish bildirayotgani haqida biladi.
Fikrlar