
"Real" sobiq futbolchisi faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi
Serbiyalik hujumchi Luka Yovich Gretsiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Gretsiya klubi Yovichning vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon muhokama qilgan. Yovich AEK safiga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Hujumchi afinaliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Yovichning so‘nggi klubi "Milan" edi. 2024-2025-yilgi mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi. Iyun oyi oxirida futbolchi shartnoma muddati tugashi munosabati bilan "rossonerilar"ni tark etgandi.
Eslatib o‘tamiz, AEK bosh murabbiyi legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdagi ustozi Yurik Nikolich hisoblanadi.
Fikrlar