“Real” sobiq futbolchisi “Barselona”ga o‘tadimi?

  • 6 iyun, 2022, 16:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda PSJni erkin agent sifatida tark etadigan Anxel Di Mariya faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachi Kataloniyaning "Barselona" klubidan taklif kutmoqda.

Avvalroq, 34 yoshli Di Mariya yozda frantsuz klubini tark etishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, unga “Yuventus”dan ham taklif bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Anxel so‘nggi etti mavsumni parijliklar safida o‘tkazgan va ular safida 295 ta o‘yinda ishtirok etib, 95 ta gol va 119 assistni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Benfika" va "Real"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!