"Real" shu yoz 13 ta futbolchisini sotadi. "Qora ro‘yxat"da kimlar bor?

  • 23 iyul, 2020, 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" mavsumlar oralig‘ida tarkibda jiddiy tozalovlarni amalga oshirmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mavsum yakunlangach, “Real” safiga ijarada yurgan futbolchilar ham qaytadi va jamoa qaydnomasidagi futbolchilar soni 37 taga etadi. Shulardan 13 nafari tez orada "Santyago Bernabeu"ni tark etadi.

Transferga qo‘yiladigan futbolchilar ro‘yxatida Xames Rodriges, Garet Beyl, Luka Yovich, Mariano Dias, Luka Modrich, Nacho Fernandes, Lukas Vaskes, Dani Sebalos, Alvaro Odriosola, Oskar Rodriges, Xesus Valexo, Borxa Mayoral va Xorxe de Frutos bor. “Real” ushbu transferlardan kamida 200 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!