
“Real”: Shu futbolchidan qutilmasak bo‘lmaydi!
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, madridlikllar bir necha mavsum davomida o‘zini ko‘rsatolmagan hujumchi Luka Yovich bilan xayrlashishga qaror qildi.
Serbiyalik hujumchining amaldagi kelishuvi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq, “Real” uni ortiq ushlab turmoqchi emas.
Yovich 2019 yilda “Aytraxt”dan 63 million evroga xarid qilingan edi. Orada ijara asosida Bundesligada o‘ynab kelgan bo‘lsa-da, “Real” asosiy tarkibiga kira olmadi. Hozir omadsiz futbolchining narxi 18 million evroga tushib qolgan.
Yovich bu mavsum barcha turnirlarda 18 marta maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist qayd etdi xolos.
Fikrlar