“Real” sakkiz o‘yinchisini sotadi, faqat bittasi tekin ketadi!

  • 4 aprel, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi rahbariyati yozgi transferlar tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, madridliklar sakkiz nafar futbolchini sotuvga qo‘yadi. Transferga qo‘yiladiganlar ro‘yxatiga Dani Sebalos, Luka Yovich, Xesus Valexo, Mariano Dias, Kubo, Reyner, Alvaro Odriosola va Braim Dias kiritilgan.

“Real”ni faqat bir kishi – Garet Beyl erkin agent sifatida tekinga tark etadi. Uning shartnomasi iyun oyida yakunlanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Yovich va Sebalosga Evropaning bir necha klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Valexoga La Liganing o‘zidan talab va taklif etarli. Marianoga “Lion” og‘iz solmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!