“Real” Ronaldudan yuz o‘girdi

  • 30 may, 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA shafe’ligida tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan oldin, 15 iyun kuni boshlanadigan ushbu turnirda ishtirok etadigan bir necha klublar “An-nasr” bilan shartnomasi tugayotgan Krishtianu Ronalduni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti.

Tecno

40 yoshli to‘purarga da’vogarlar qatorida “Real” ham bor edi. Madridlik muxlislar klub rahbariyatidan Ronalduni musobaqaga jalb qilishni talab etmoqda.

Biroq jurnalist Pakoxo Delgadoning aniqlik kiritishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari portugaliyalik yulduzni jamoaga qaytarmaslikka qaror qilganini rasman e’lon qildi. Muxlislar talabiga qaramay, bu qaror o‘zgarmaydi.

Ronalduning “An-Nasr” bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi. Tomonlar muzokara o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, uning ijobiy yakunlanishini hech kim kafolatlamaydi.

Krishtianu 2009-2018 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri hisoblanadi. U madridliklar safida barcha turnirlarda 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol va 131 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!