"Real" Ronaldudan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

  • 31 dekabr, 2022, 21:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Nassr" bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu "Real"ga qaytishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Portugaliyalik hujumchi Jahon chempionatidan so‘ng Madridda, "qirollik klubi" bazasida yakka tartibda mashg‘ulot olib bordi. Xabarlarga ko‘ra, o‘sha paytda u sobiq jamoasidan taklif kutgan. Futbolchi faoliyatini EChL ishtirokchisi tarkibida davom ettirmoqchi bo‘lgan.

Ammo madridliklar uni tarkibga qaytarish variantini ma’qul ko‘rmagan. Krishtianu 2009-2018 yillar oralig‘ida "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan.

37 yoshli Ronaldu riyodliklar bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!