
“Real” Ramos o‘rniga qimmat futbolchi olyapti
“Real” jamoani tark etgan markaziy himoyachi Serxio Ramos o‘rniga “Sevilya” vakili Jyul Kundeni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
“Qirollik klubi” 22 yoshli futbolchi uchun sevilyaliklarga 50 million evro taklif qilyapti. Kundeni jamoa bosh murabbiyi Kardo Anchelotti tanlagani aytilmoqda.
O‘z navbatida, Kunde ham faoliyatini mamlakat chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashishga qodir jamoada davom ettirmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Jyul Kunda jami 49 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol urdi va bitta golli pas oshirdi.
Fikrlar