
"Real" rahbariyati La Liga hakamlaridan qattiq norozi
Juma kuni La Liga 12-turidan qoldirilgan o‘yinda "qirollik klubi" vingeri Vinisius Junior darvozabon Stole Dimitrievskiyni orqadan boshiga itargani uchun maydondan chetlatildi. O‘yinda bosh hakam Sezar Soto Grado boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
Marca nashrining yozishicha, "Mestalya"da sodir bo‘lgan bu voqea va Vinisiusning chetlatilishi "Real" rahbariyatining hakamlar tarkibi to‘liq o‘zgartirilishi kerakligi haqidagi fikrini kuchaytirdi. "Real" VAR tomonidan xolis bo‘lmagan qarorning ataylab qabul qilingani va Vinisiusning harakatlarigacha sodir bo‘lgan holatlar e’tibordan chetda qolgani haqida gapirmoqda.
Madrid klubi rahbariyati Dohadagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Janni Infantino bilan hakamlikka o‘zgartirish kiritishni muhokama qilgan. FIFA ham VARdan foydalanishni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan. VARning aralashuvi kamayishi va barchaga yanada tushunarli bo‘lishi kerak.
"Real" VAR Vinisius ishtirokidagi epizodda noto‘g‘ri ishlatilganini va qaror ko‘p jihatdan vingerning o‘yin davomida doimiy haqoratlarga duch kelgani asosida qabul qilinganini isbotlay olishini ishonmoqda.
Klub yana Ispaniya federatsiyasini barcha hakamlar rahbariyatini o‘zgartirishga chaqirmoqchi. Bu jarayon kelasi haftada Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Superkubok paytida amalga oshishi mumkin.
Fikrlar