“Real” qidirgan o‘yinchisini Angliyadan topdi
“Real” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Lester” markaziy yarim himoyachisi Yuri Tilemansni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Belgiya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisiga xaridor ko‘p. Anchadan beri “Manchester Yunayted” va “Arsenal” bu o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. “Lester” etakchi futbolchisini chempionatdagi raqobatchilarga sotishga shoshilmayapti.
Edi Tilemans oldida dunyoning eng kuchli klublaridan biriga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Tabiiyki, hech bir futbolchi “Real” taklifini rad etmaydi.
“Lester” 2019 yildan beri to‘p tepayotgan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanishini inobatga olib, uni 55 million evroga sotib yuborishga tayyor.



Fikrlar