“Real” Pogba bilan kelisha olmadi

  • 8 oktabr, 2021, 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pol Pogbani olishni orzu qilgan “Real” futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmadi.

Tecno

Todofichajes  nashrining ma’lum qilishicha,  “Qirollik klubi” mutasaddilari bilan olib borilgan muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin frantsiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted”da qolishga qaror qilgan.

Manchesterliklar anchadan beri Pogbaga yangi bitim taklif qilayotgan edi. Biroq, Pol madridliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilish uchun uni rad etib kelayotgandi. Endi vaziyat o‘zgardi.

“Manchester Yunayted” Pogbaga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan bitim va yiliga 20 million evro maosh taklif qilyapti. Hozircha, mohir futbolchi bir yilda 17 million evro maosh olmoqda. Uning transfer summasi 60 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!