
“Real” o‘ziga qarshi o‘ynagan “Siti”ning universal futbolchisini oladi
“Real” yozda tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi. Madridliklar nishoniga ularga qarshi Chempionlar ligasining yarim finalida ishonchli o‘ynagan Kayl Uoker ham tushdi.
Tajribali himoyachi yarim final bahsida madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorga umuman o‘yin bergani yo‘q.
“Manchester Siti” vakili himoya chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. Jurnalist Tomas Gonsalesning aytishicha, aynan mana shu xislati tufayli 32 yoshli futbolchi “Qirollik klubi”ni qiziqtirib qo‘ygan.
Uokerning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Hamkorlikning yakunlanishiga atigi bir yil qolgani “Real”ning transferni amalga oshirishida qo‘l kelishi mumkin.
“Manchester Siti” mutasaddilari angliyalik himoyachiga yangi shartnoma berishga shoshilmayapti.
Fikrlar