
"Real" o‘ziga kerakli himoyachini topdi. Lekin bitta muammo bor
"Real" chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga yangi futbolchi xarid qilish haqida o‘ylashda davom etmoqda. So‘nggi yillarda Madrid klubi bilan faol tarzda Alfonso Devis bog‘lanib kelinayotgan edi, biroq kanadalik futbolchi yaqinda “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirdi.
"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, “Real” boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Eng ustuvor variant sifatida Nunu Mendesh nomi tilga olinmoqda, biroq muammo shundaki, PSJ bu futbolchi bo‘yicha muzokaralar olib borishni istamaydi.
Shuningdek, “Real” va PSJ o‘rtasidagi munosabatlar Mbappening "qirollik klubi"ga erkin agent sifatida o‘tishi tufayli unchalik yaxshi emas. Shu sababli, Mendeshning Madrid klubiga o‘tishi amalda deyarli imkonsizdek ko‘rinmoqda.
Nufuzli "Transfermarkt" portali 22 yoshli Nunu Mendeshni 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar