
“Real” o‘z yulduzidan voz kechdi va unga narx belgiladi
“Real” mutasaddilari jamoa yarim himoyachisi Orelen Tchuamenidan voz kechishga qaror qildi. 2022 yili Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan va Madriddagi faoliyatini juda yorqin boshlagan frantsiyalik futbolchining o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.
Ayniqsa, Tchuameni muhim uchrashuvlarda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. 24 yoshli futbolchi anchadan beri barqarorligini tiklay olgan yo‘q.
DefensaCentral nashri “Qirollik klubi” Tchuamenini olgan narxi – 80 million evrodan past bo‘lmagan summaga sotib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.
Tchuamening amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuo‘ilgan. Ayni paytda ko‘p narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib turibdi. U chempionatning qolgan qismida jamoaga kerak ekanini isbotlashi talab etiladi.
Fikrlar