“Real” o‘ynatmagan yulduz butsasini mixga ilmoqchi

  • 26 may, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”da ijarada o‘ynagan Garet Beyl “Real”ga qaytib, bir yil to‘p tepib, keyin faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Biroq, voqealar ancha tezlashib ketgan ko‘rinadi.

Tecno

Ayni paytda uelslik hujumchi “Qirollik klubi” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, butsalarini mixga ilish haqida o‘ylamoqda. Ungacha, Beyl Uels terma jamoasi safida yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida qatnashmoqchi.

Avvalroq, Zidan Beylni madridliklar asosiy tarkibiga kiritmagani uchun u sport formasini tiklab olish va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Tottenxem”ga o‘tishga rozi bo‘lganini aytgan edi.  

Yakunlangan mavsumda Beyl Angliya premer-ligasida 19 ta uchrashuvda qatnashib, to‘qqizta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Evropa ligasida esa o‘n marta maydonga tushib, uchta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!